Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Dunyoda har ikki daqiqada bir bo‘lajak ona vafot etyapti
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2016 yildan 2020 yilgacha bir qancha hududlarda onalar o‘limi ko‘payganini qayd etdi. Millionlab ayollar hamon sifatli tibbiy yordamdan mahrum, dedi JSST bosh direktori.
Dunyoda har ikki daqiqada bir ayol vafot etadi - homiladorlik yoki tug‘ish paytida. Bunday ma’lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning boshqa agentliklari tomonidan tayyorlangan hamda 23 fevral, payshanba kuni e’lon qilingan «Onalar o‘limi tendensiyalari» hisobotida keltirilgan.
Shunday qilib, 2020 yilda 287 mingta shunday o‘lim qayd etilgan. 2000 yildan 2015 yilgacha ekspertlar onalar o‘limini kamaytirishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Hisobotda aytilishicha, 2016-2020 yillar oralig‘ida onalar o‘limi Yevropa va Shimoliy Amerikada 17 foizga, Lotin Amerikasi va Karib havzasida esa 15 foizga oshgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, onalar o‘limining eng yuqori mutlaq ko‘rsatkichlari hamon dunyoning eng qashshoq hududlari va qurolli mojarolar bo‘layotgan davlatlarda qayd etilgan. Masalan, 2020 yilda barcha onalar o‘limining qariyb 70 foizi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarida sodir bo‘lgan.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesusning aytishicha, homiladorlik sifatli tibbiy xizmatdan foydalana olmaydigan millionlab ayollar uchun «o‘ta og‘ir va xavfli tajriba» bo‘lib qolmoqda. Yangi ma’lumotlar har bir ayol va qizga tug‘uruqdan oldin, tug‘uruq vaqtida va tug‘ishdan keyin zarur tibbiy yordam olish imkonini beruvchi shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratish zarurligini ko‘rsatadi, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
20:16 / 20.05.2025