Jahon | 16:43 / 23.02.2023
8137
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Ukrainadagi urush tufayli energiya tashuvchilar narxi oshdi

Foto: Picture Alliance

Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar oyida energiya tashuvchilar narxi o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir qismga yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, yaqinda uning tushishi yana kuzatilmoqda

Bir yil oldin boshlangan Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi 2022 yilda Germaniyada energiya tashuvchilar narxlari dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 23 fevral, payshanba kuni Germaniya Federal statistika boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2023 yil yanvar oyida energiya ishlab chiqaruvchilar narxlari o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan uch baravar yuqori bo‘lgan. 

Shu bilan birga, tabiiy gaz narxi boshqalarga qaraganda ko‘proq oshdi: yanvar oyida uning narxi bir yil avvalgiga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa ko‘tarilgan. Elektr energiyasi narxi 27,3 foizga, neft mahsulotlari narxi 12,6 foizga oshdi. 

Bundan tashqari, energiya tashuvchilar importi ancha qimmatlashdi: yanvar oyida gaz narxi bir yil avvalgiga nisbatan qariyb chorak, neft mahsulotlari – 14,6 foiz, elektr energiyasi – 45,7 foizga ko‘tarildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid