O‘zbekiston | 19:35 / 23.02.2023
11103
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda mehmonxona 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Yashirincha o‘rnatilgan uskuna orqali 16,9 mln kV⋅soat elektr energiyasi o‘g‘irlangan.  

Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahri, So‘g‘diyona mavzesida faoliyat yuritayotgan D.S.A korxonasi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Xususan, ushbu tadbirkorlik sub’yektiga tegishli mehmonxonada yashirincha o‘rnatilgan uskuna orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Oqibatda 16,9 mln kV⋅soat elektr energiyasi o‘g‘irlangan. Korxonaga nisbatan 7,6 mlrd so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 85 mingta xonadonning bir oylik o‘rtacha iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Mavzuga oid