Jahon | 00:32 / 24.02.2023
10719
2 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘lish uchun kurashadi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri bu lavozimga qiziqishi borligini tasdiqladi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson NATO bosh kotibi lavozimi uchun kurashga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u Ukraina milliy telemarafoni efirida ma’lum qildi.

Jurnalistlar siyosatchidan NATO tashkilotiga ishga o‘tmoqchiligi haqida so‘radilar.

«Bunday g‘oya borligini e’lon qilishim kerak. Men o‘zimni nomzod deb bilaman. Bu juda yaxshi, muhim lavozim. NATO hozir har qachongidan ham kuchli», dedi Jonson.

2022 yil iyul oyida The Telegraph nashri bir qancha manbalarga tayanib, Jonson Shimoliy Atlantika alyansining (NATO) navbatdagi bosh kotibi bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. Biroq nashrning bir qator suhbatdoshlari bir vaqtning o‘zida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Boris Jonsonning blok rahbari etib saylanishiga veto qo‘yishi mumkinligini taxmin qilishdi.

NATO tashkilotining amaldagi bosh kotibi Yyens Stoltenberg 2023 yil 30 sentabrda lavozimini tark etadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid