Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova Rossiyaning «Dnestrbo‘yidagi provokatsiya» bo‘yicha bayonotini rad etdi
Kishinyov rasmiylari Rossiya Mudofaa vazirligining Ukraina tomonidan kutilayotgan provokatsiya haqidagi ma’lumotlarini yolg‘on hamda «vahima va sarosimaga solish» uchun mo‘ljallangan deb atadi.
Moldova hukumati Rossiya vazirligining Dnestrbo‘yida «Ukraina armiyasining provokatsiyasi» kutilayotgani haqidagi xabarlarini yolg‘on deb atadi. Moldova Mudofaa vazirligining 24 fevral, juma kuni e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, mintaqaga Ukrainadan to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid yo‘q.
«Mudofaa vazirligi mintaqada va Tiraspoldagi rejim nazorati ostidagi hududda sodir bo‘layotgan barcha voqealar, harakatlar va o‘zgarishlarni kuzatib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda davlatning harbiy xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidlar yo‘q», - deyiladi respublika Mudofaa vazirligi xabarida. Ta’kidlanishicha, «ular boshqa barcha davlat xavfsizlik idoralari bilan hamkorlikda ishlamoqda».
«Tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlar Dnestr daryosining ikki tomonidagi odamlarni vahima va sarosimaga solish uchun mo‘ljallangan. Biz fuqarolarni xotirjam bo‘lishga va ma’lumotni faqat rasmiy manbalardan olishga chaqiramiz», — deya ogohlantirdi vazirlik.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun oldin «Ukraina armiyasining provokatsiyasi» rejalashtirilganligi sababli Dnestrbo‘yida Rossiya tinchlikparvar kuchlariga tahdid borligi haqida bayonot berdi. Vazirlikning bildirishicha, Ukraina «Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasiga bostirib kirishga tayyorgarlikni kuchaytirgan». Avvalroq Rossiya harbiy idorasi Ukraina qo‘shinlari Dnestrbo‘yi bo‘ylab «qurolli provokatsiya» tayyorlayotgani va bahona sifatida «ukrainalik diversantlar»ni rus askarlari qiyofasida kiyintirishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025