O‘zbekiston | 15:53 / 27.02.2023
10172
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Haydovchi mashinani katta tezlikda haydagan va boshqaruvni yo‘qotgan.

Foto: Videodan kadr

2023 yil 17 fevral kuni soat 13:45 larda Mirishkor tumani hududidan o‘tuvchi 4K-278 avtomobil yo‘lining 51-kilometrida odam o‘limi sodir bo‘lgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, haydovchi Nexia mashinasi bilan yuqori tezlikda harakatlanib, boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda mashina yo‘l chetidagi adirlikka ag‘darilgan va haydovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid