To‘ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi
Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi.
Joriy yilning 24 fevral kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston-Ozarboyjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, tadbirda To‘ra Bobolov palata raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida ishtirok etgan.
Bundan tashqari, Ozarboyjon Tadbirkorlar (ish beruvchilar) tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarboyjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, ishbilarmon doiralar vakillari ham qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyi oxirida prezident farmoniga ko‘ra, To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi sababli lavozimidan ozod etilgan edi.
To‘ra Bobolov 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024