Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Mamlakat markazida yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning jasadlarini olib chiqayotgan qutqaruvchilar qurbonlar soni ortishidan xavotirda.
Gretsiyadagi temiryo‘l halokati natijasida, yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 38 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohat oldi, deb xabar qildi mamlakat rasmiylari 1 mart, chorshanba kuni ertalab. Hodisa kecha Gretsiya markazidagi Larisa shahri yaqinida sodir bo‘lgan: yo‘lovchi va yuk poyezdlari o‘zaro to‘qnashuvidan so‘ng yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan.
Hellenic Train operatoriga ko‘ra, Afinadan Salonikiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdida kamida 350 kishi bo‘lgan. Kasalxonaga yotqizilgan 66 jabrlanuvchidan olti nafari reanimatsiyada. Bundan tashqari, olti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti. Qutqaruvchilar halok bo‘lganlar va tirik qolganlarni qidirishda davom etmoqda. Ular qurbonlar soni ortishidan xavotirda.
Axborot agentliklarining xabar berishicha, vagonlardan biri butunlay vayron bo‘lgan, qutqaruvchilar ichkariga kira olmayapti. Boshqa vagonlar qisman vayron bo‘lgan, ba’zilari yonib ketgan. Gretsiya ommaviy axborot vositalari hodisani mamlakat tarixidagi eng yirik temiryo‘l halokati deb atadi. Qutqaruv ishlariga 150 nafar favqulodda xizmat xodimi, 40 dona maxsus texnika va kranlar jalb qilingan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
18:00 / 25.04.2025