«Rosatom» Toshkent elektr energiyasi tizimidagi ishlarga jalb qilinishi mumkin
27 fevral kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov «Rosatom» korporatsiyasining Energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari bo‘yicha loyiha byurosi direktori Yuriy Mishin bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqot davomida poytaxtda elektr va issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash, tizimda jiddiy uzilishlar bo‘lishining oldini olish, umuman, kommunal ifratuzilmani modernizatsiya qilish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Baxtiyor Rahmonov bugungi kunda poytaxt elektr energiyasi tizimidagi vaziyatga e’tibor qaratib, rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Bu yo‘nalishdagi tadbirlarda «Rosatom» bilan istiqbolli hamkorlik bo‘yicha taklif bildirdi.
Yuriy Mishin bu borada tizim tashkilotlarida inventarizatsiya o‘tkazish, ish jarayoniga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish samarali ekanligini aytib, bunda ikki tomon mutaxassislarining hamkorlikdagi ishi orqali ijobiy natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi va tez orada bu masalada zarur mutaxassislardan iborat ishchi guruhi Toshkentga kelishini qo‘shimcha qildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024