Jahon | 07:42 / 02.03.2023
4836
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi urush G20 yig‘ilishining muhim mavzusi bo‘ladi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishi ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ladi, dedi Hindiston tashqi ishlar vaziri. Urushning iqtisodiy oqibatlariga ham xuddi shunday jiddiy e’tibor qaratiladi, dedi u.

Foto: Getty Images

Rossiya-Ukraina mojarosi G20 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biri bo‘ladi, biroq Ukrainadagi urush fonida iqtisodiy muammolarga ham e’tibor qaratiladi, dedi chorshanba, 1 mart kuni, Nyu-Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Vinay Kvatra.

«Rossiya-Ukraina mojarosidagi vaziyatning tabiati va evolyutsiyasini inobatga olgan holda, bu muhim muhokama mavzusi bo‘ladi, ammo oziq-ovqat, energetika va o‘g‘itlar sohasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarga ham tegishli e’tibor qaratiladi», - deya tushuntirdi Kvatra.

G20 tashqi ishlar vazirlarining Nyu-Dehlidagi uchrashuvi kechki payt kechki ovqat bilan boshlanadi, muhokamalarning o‘zi 2 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ularda 40 ta davlat vazirlari, jumladan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy tashqi ishlar vaziri Jin Gang ishtirok etadi.

Nyu-Dehlidagi konferensiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi soyasida qolgan G20 moliya vazirlarining Hindiston Bangaloridagi uchrashuvidan bir necha kun o‘tib bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid