Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi
Vashington juma kuni Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi, deb xabar qildi Reuters AQSh Milliy xavfsizlik kengashi spikeri Jon Kirbiga tayanib. U hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Vashington Ukrainaga avvalgi 2 milliard dollarlik harbiy yordam paketining mazmunini Rossiya hujumining bir yilligi munosabati bilan 24 fevral kuni oshkor qildi.
U bir necha turdagi dronlar, rus dronlariga qarshi jangovar qurollar, HIMARS va lazer yordamida boshqariladigan raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, radioelektron urushni aniqlash uchun uskunalar, artilleriya o‘q-dorilari va minalardan tozalash uchun uskunalarni o‘z ichiga olgan.
Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arb ittifoqchilarining Rossiyaga urushda harbiy yordam bersa, Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorligini tekshirayotgani xabar qilingandi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, tekshirish hozircha erta bosqichda, Pekinga qarshi ehtimoliy sanksiyalarni muvofiqlashtirishda AQSh asosan «katta yettilik» mamlakatlari qo‘llab-quvvatloviga erishishga harakat qilmoqda.
Ukrainaga qarshi urushda Xitoyning roli, ehtimol, 3 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols uchrashuvida muhokama mavzularidan biriga aylanadi. Sanksiyalar kiritilishini nazorat qiluvchi AQSh Moliya vazirligi hali Reuters xabariga izoh bermadi. So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar bir necha bor Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Pekin hukumati buni rad etyapti.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025