Jahon | 11:27 / 03.03.2023
7479
2 daqiqa o‘qiladi

Shols: Germaniya Qorabog‘ mojarosi hududida o‘z missiyasini kengaytiradi

Germaniya Qorabog‘ mojarosi hududida vaziyatni barqarorlashtirish uchun Armanistonning chegaradosh viloyatlariga qo‘shimcha kuzatuvchilar yuboradi. Bu haqda Olaf Shols Berlinda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. 

Foto: AP

Germaniya Qorabog‘ mojarosi hududida vaziyatni barqarorlashtirish uchun Armanistonning chegaradosh viloyatlariga qo‘shimcha kuzatuvchilar yuboradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 2 mart, payshanba kuni Berlinda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi. 

Pashinyan bilan qo‘shma matbuot anjumanida chiqish qilgan Shols Armaniston va Ozarboyjon bahslashayotgan mintaqadagi status-kvo beqarorligi, gumanitar vaziyat esa «o‘ta tushkunlik»da qolayotganidan xavotir bildirdi. Germaniya kansleri ikki davlatning hududiy yaxlitligi va Tog‘li Qorabog‘ aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi tamoyili asosida mojaroni hal qilish uchun «hayotiy yechim» topishga chaqirdi. 

Shu bilan birga, Shols Germaniya federal politsiyasi xodimi boshchiligidagi Tog‘li Qorabog‘dagi demarkatsiya chizig‘ini kuzatish bo‘yicha YeI missiyasidan «juda faxrlanishini» ta’kidladi. Germaniya davlati rahbari ushbu missiyani Germaniyadan ko‘proq kuzatuvchilarni jalb qilgan holda yanada rivojlantirish istagida ekanligini bildirdi. 

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan to‘qnashuv bir necha bor to‘laqonli harbiy harakatlarga aylanib ketgan. 2022 yil sentabr oyida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda, Boku va Yerevan olti hafta davomida haqiqiy urush olib borgan 2020 yildan beri AQSh vositachiligidagi sulhga qadar har ikki tomondan kamida 286 kishi halok bo‘ldi. Keyin 6500 dan ortiq odam halok bo‘ldi va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorat qilgan hududning katta qismini yo‘qotdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid