Jahon | 17:32 / 05.03.2023
22737
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi yo‘llar va Vuhledarda uchayotgan dronlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 374-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskvada ayol kishi Ukraina qurolli kuchlariga moliyaviy yordam berishda gumonlanib qo‘lga olindi. Unga davlatga xiyonat qilish bo‘yicha ish ochilgan, u 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Qo‘lga olingan ayol shaxsi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.
  • Sergey Shoygu Rossiyaning Ukrainada jang qilayotgan «Vostok» guruhini tekshirdi. RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda Shoygu vertolyot bortida, keyin aholi yashash punktidagi ko‘chada va bino ichkarisida harbiylar davrasida aks etgan. Bu video qachon va qayerda olinganini operativ aniqlash imkonsiz.
  • Astra va Baza manbalari Belgorod oblastidagi «Transneft» neft quvuri nimstansiyasiga kamikadze droni bilan zarba berilganini xabar qildi. Dron neft mahsulotlari saqlanadigan, lekin hujum vaqtida bo‘sh turgan rezervuarga urilgan, jabrlanganlar yo‘q.
  • Ukrainaga Yevroparlament rahbari Robert Metsola tashrif buyurdi. U Lvivda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Zelenskiy Kiyev Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni shu yildayoq boshlashni xohlashini aytdi.
  • 2 mart kuni Zaporijjyaga berilgan raketa zarbasi qurbonlari soni 13 nafarga yetdi.
  • Ukraina hukumati «Rossiya ko‘ngillilar korpusi»ning Bryansk oblastidagi amaliyotidan xabardor bo‘lgan, bu haqda guruh komandiri Denis Kapustin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyadan maqsad chegara Rossiya tomonidan qanchalik yomon qo‘riqlanishini ko‘rsatish, shuningdek Rossiya aholisini rejimga qarshi ilhomlantirish bo‘lgan.

Kun kadri. Chasiv Yar

Britaniya razvedkasiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi Baxmut shahrini mudofaa qilishi tobora qiyinlashmoqda, Rossiya armiyasi bu shaharni egallash uchun o‘tgan yil yozidan buyon hujum qilmoqda. Ukraina qo‘mondonligi mudofaani kuchaytirmoqda va hududga elita qismlarini yubormoqda, ammo RF qo‘shini shahar tomon siljishda davom etmoqda. Ukraina armiyasi ta’minot yo‘llari esa borgan sari cheklanmoqda.

Bunday yo‘llardan biri Baxmutdan 13 kilometr g‘arbdan Chasiv Yar shahri orqali o‘tadi. Shu kunlarda Rossiya kuchlari Baxmutni Chasiv Yar bilan bog‘lovchi asosiy yo‘ldagi ko‘prikni portlatgan. Chasiv Yarning o‘zi ham muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, shahar aholisining asosiy qismi evakuatsiya qilingan, ammo shaharda odamlar qolishi davom etmoqda.

Chasiv Yarda aviazarbalar ovozini eshitib yig‘layotgan ayol
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi yo‘llar

Baxmut atrofidagi janglar yetti oydan buyon to‘xtamayapti. So‘nggi kunlarda Ukraina tomoni ham shahar yaqin vaqtlar ichida RF armiyasi tomonidan bosib olinishi mumkinligini tan olmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti 5 mart kungi hisobotida Rossiya qo‘shinlarining Baxmutni shturm qilish uchun muntazam urinishlari ular shaharni qurshab olgani yoki egallaganidan darak bermasligi, ammo «Vagner» yollanma jangchilari baribir Ukraina qurolli kuchlarini o‘z pozitsiyalarini tark etishga majbur qilayotganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi so‘nggi brifingida Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat haqida to‘xtalmagan.

Quyida shaharga olib boruvchi yo‘llarda ayni vaqtgi vaziyat aks etgan suratlar.

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofida Ukraina qurolli kuchlari jangchilari tankda harakatlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinida pikap kuzovidagi ukrain harbiylari
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
John Moore / Getty Images

Vuhledar atrofida dron uchirilishi

Donetsk oblastidagi Vuhledar rossiyalik harbiylar faol hujum qilayotgan yana bir shahardir. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabida aytishlaricha, rossiyaliklar bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Rossiya tomoni Vuhledardagi vaziyat bo‘yicha izoh bermayapti.

Ukraina qurolli kuchlari 1-alohida tank brigadasi jangchisi granata o‘rnatilgan dronni tutib turibdi
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy boshpanada turib dronni boshqarmoqda
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari okopidan turib RF armiyasi pozitsiyasining ko‘rinishi
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjyada halok bo‘lganlarni qidirish

Rossiya qo‘shini Zaporijjyani 2 mart kuni o‘qqa tutdi — raketa besh qavatli uyga kelib urilgan va bir pod’yezdni to‘liq vayron qilgan. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatiga ko‘ra, qurbonlar soni 13 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida o‘z oilasi bilan birga halok bo‘lgan sakkiz oylik qizcha ham bor.

Zaporijjyada rossiyaliklar raketasi kelib tushgan uy
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Uyda yashovchilardan biri o‘z buyumlarini olib chiqmoqda
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vayron bo‘lgan besh qavatli uy oldida farzandi bilan turgan ayol
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mariupolning qamaldan bir yil keyingi ko‘rinishi

Rossiya qo‘shini Mariupolni egallash harakatlarini keng ko‘lamli bosqinning ilk kunidayoq boshlagandi. Faqat may oyining ikkinchi yarmiga kelib shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatiladi. O‘shanda shahardagi so‘nggi ukrain harbiylari taslim bo‘lishgandi, ikki mingdan ortiq harbiy «Azovstal» zavodida mudofaalanishgandi. Sentyabr oyi oxirida Mariupol «DXR» tarkibida Rossiya tomonidan annexia qilindi.

Mariupolning Kiyev tomonidan tayinlangan legitim hukumatiga ko‘ra, shahardagi turar joy binolarining 90 foizi vayron bo‘lgan. Rossiyadan kelgan quruvchilar ularning ayrimlari o‘rnida yangi uylar qurishgan.

Mariupolda qamal vaqtida halok bo‘lganlarning, shuningdek u yerdan zo‘rlik bilan olib ketilgan tinch aholi vakillarining aniq soni ma’lum emas. Urushga qadar shaharda 450 ming kishi yashardi. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, hozirda shaharda (Rossiyadan kelgan ishchilar va harbiylar bilan birga) 300 mingga yaqinni tashkil etadi. Quyida shaharning urush boshlanganidan bir yil o‘tgandagi ko‘rinishi aks etgan suratlar.

Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

 

Mavzuga oid