Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya mudofaa vaziri Pistorius Litvaga tashrif buyuradi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius dushanba kuni kechqurun Litvaga ikki kunlik tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturidan Ukrainadagi urush tufayli ushbu mamlakatda joylashtirilgan Bundesver askarlari bilan uchrashuv, Litva Respublikasi vakillari bilan harbiy-siyosiy muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
NATOning tezkor javob kuchlari tarkibidagi nemis bo‘linmalari Rukla shahridagi harbiy bazada joylashgan. Germaniya sharqiy qanotni himoya qilish uchun Boltiqbo‘yida ittifoq jangovar guruhini boshqaradi.
Bundan oldin Vashington Rossiyaning NATOning sharqiy chegarasiga tahdidiga javoban Polshada qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha Berlin va Varshava bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius aytib o‘tgan.
Pistorius ARD telekanalida so‘zlagan nutqida, boshqa tafsilotlarni aytmagan holda, mashg‘ulotlar masalasi hozirda «ko‘rib chiqilmoqda», dedi.
Ukraina bilan chegaradosh mamlakatdagi harbiy manyovrlar NATO ittifoqchilariga, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «juda aniq» signal beradi, dedi u.
«NATO Putin uzoq vaqtdan beri o‘ylagandek kuchsiz bo‘lishdan yiroq», dedi Germaniya mudofaa vaziri. U alyans «o‘tgan, 2022 yil fevralida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirishidan avvalga qaraganda ancha kuchliroq va birdamroq» bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi
11:42 / 07.05.2025