Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Men yo‘lchiman deyishga uyaladigan darajaga keldim” – yo‘l bo‘yicha mutaxassis
Yo‘llar yaxshilanmayotganini mustaqil tadqiqotchi Salohiddin Qurbonov vaziyat faqat soha rahbariga qarab qolgani, tizimda juda ko‘p nosoha vakillari o‘tirgani bilan izohlaydi. Shuningdek, u ahvol shu tarzda ketsa, yo‘l sohasida islohotlar bo‘lishiga ishonmasligini aytadi.
“Soha rahbariga — bir shaxsga qarab qolingan. Yomon rahbar bilan ham tizim ishlashi mumkin, yaxshi rahbar bilan ham tizim ishlamasligi mumkin. Ya’ni biz tizim yaratishimiz kerak. Inson omili qatnashmasligi, rahbarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Har bir jarayonga tizimli yondashsak, masala hal bo‘ladi. Islohot deganda, bir qarorni qabul qilib, mana, tizim yaratildi, deyish — noto‘g‘ri. Har bir bo‘g‘inda yo‘l sohasining o‘z xodimlari ishlashi kerak.
Agar ko‘rib chiqilsa, katta qismida bu sohaga taalluqli bo‘lmagan insonlar o‘tiribdi. Asosiy qarorni qabul qiluvchilar soha vakillari bo‘lishi lozim. Masalan, yo‘l borasidagi muammoni aytish uchun biz o‘nta bu sohaga taalluqli bo‘lmagan odamga murojaat qilamiz. Ular masala nimada ekanini tushunmaydi. Manzilgacha yetib bormaydi. Shuning uchun kadrlar bo‘yicha, tizim bo‘yicha ishlash kerak. Umuman olganda, islohotga muhtoj bu soha”, - deydi Salohiddin Qurbonov.
Shuningdek, u ijobiy mentalitetga qaytib, yo‘l sohasi savobli kasb ekanligini yo‘lchilar odamlarga uqtirish kerakligini urg‘ulaydi hamda:
“Bu sohani rivojlantirishda muammo ko‘rmayman men. Xohish va ozgina e’tibor berilsa yetadi. Lekin o‘zgarishlarga o‘zim ishonmayapman. Oilamga kam vaqt ajratib, sohamga ko‘p vaqt sarflayman, o‘ylayman. Ammo shunday paytlar bo‘ldiki, ko‘chada yo‘lchiman deyishga uyaladigan bo‘ldi kishi. Juda ko‘p tushkunlikka tushaman, o‘ylasam. Mana shu ketishda ketsak, kelajakni ko‘rmayapman, ochig‘i. Lekin imkoniyat bor, qilsa bo‘ladigan ish. Yondashuv va munosabat o‘zgarsa, umid qilsa bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi.
Sardorbek Usmoniy suhbatlashdi
Mavzuga oid
15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi
17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat
09:22 / 25.07.2023
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
13:58 / 20.07.2023