O‘zbekiston | 09:08 / 06.03.2023
8560
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridan eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko‘chib ketishgan

2022 yilda Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 9 703 kishini tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar sonida Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda – 7 114 kishi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Qashqadaryo viloyati – 403 kishi; 
  • Samarqand viloyati – 307 kishi; 
  • Buxoro viloyati – 257 kishi; 
  • Xorazm viloyati – 256 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 235 kishi; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 198 kishi; 
  • Farg‘ona viloyati – 192 kishi; 
  • Jizzax viloyati – 176 kishi;
  • Andijon viloyati – 171 kishi; 
  • Navoiy viloyati – 159 kishi; 
  • Sirdaryo viloyati – 148 kishi; 
  • Namangan viloyati – 87 kishi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan. 

Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan Toshkentga eng ko‘p aholi ko‘chib kelgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid