Jahon | 09:01 / 07.03.2023
6087
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada “Mediazona Belarus” sayti bloklandi

“Roskomsvoboda” loyihasining xabar berishicha, blokirovka harbiy senzura doirasida, katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi bo‘lgan “noma’lum davlat organi” qarori bilan amalga oshirilgan.

Foto: alet.com

Roskomnadzor rossiyalik internet foydalanuvchilari uchun “Mediazona Belarus” veb-saytiga kirishni blokladi. Bu haqda 6 mart, dushanba kuni axborot erkinligi g‘oyalarini ilgari surish maqsadida yaratilgan “Roskomsvoboda” jamoatchilik loyihasi ma’lum qildi.

“Roskomsvoboda” hisobotida aytilishicha, blokirovka yanvar oyida “noma’lum davlat organi” tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra amalga oshirilgan, bu — katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi. Saytda e’lon qilingan asosga qaraganda, sabab harbiy senzura bo‘lgan. “Roskomsvoboda” “Mediazona” portalining o‘zi Bosh prokuratura talabiga binoan allaqachon uch marta bloklanganini esladi: birinchi marta — Ukrainadagi urush boshida.

2020 yilda “Mediazona Belarus” veb-sayti Axborot vazirligi qarori bilan Belarusda bloklangan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid