Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar TIV rahbarlari uchrashuvi o‘tkaziladi
Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Anjumanni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kirish nutqi bilan ochdi.
Uchrashuvda Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qiladilar.
Ishtirokchilar Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining ikkinchi uchrashuvi o‘tkaziladigan joy va vaqtini belgilaydi hamda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar TIV rahbarlarining Toshkent shahrida o‘tkaziladigan 4-uchrashuvini o‘tkazish muddati yuzasidan fikr almashadilar.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025