Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda Xalqaro Toshkent marafoni o‘tkaziladi
Joriy yilning 12 mart kuni sportchilar uchun muhim xalqaro reyting ochkolari taqdim etadigan V xalqaro Toshkent marafoni hamda mamlakat 14 ta hududida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tashkilotchilarning aytishicha, V xalqaro Toshkent marafonida ishtirokchilar 42 km, 21 km, 10 km va 3 km masofada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin. World Athletics musobaqalar taqvimiga kiritilgan Toshkent marafoni va WA qat’iy reglamentiga muvofiq holda o‘tkaziladi. Marafonning yugurish trassasi AIMS Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan.
International Tashkent Marathon mintaqadagi eng yirik xalqaro sport musobaqalaridan biri bo‘lib, professional sportchilarga 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda 22 ta xorijiy davlatdan professional va havaskor sportchilar ushbu marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
Shuningdek, mamlakat 14 ta shahrida bir vaqtda o‘tkaziladigan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tafsilotlari ochiqlandi. Ommaviy yugurish musobaqalari Andijon, Namangan, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus, Toshkent, Qorovulbozor va G‘uzorning markaziy ko‘chalari bo‘ylab 3 km masofaga bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda ushbu ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish uchun 75 mingdan ortiq arizalar qabul qilingan. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalarida 25 mingdan ortiq talabalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025