Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva ayollarga bayram tabrigi yo‘lladi
«Men ayollar o‘zini erkin, kuchli his qiladigan, o‘ziga ishonchi bo‘lgan, maqsadlariga erisha oladigan va orzu qilishdan cho‘chimaydigan jamiyatda yashashini istayman», degan Mirziyoyeva barcha ayollarga baxt, mehr-muhabbat, tinchlik va ehtirom tiladi.
Prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘lladi.
«Bugun, 8 mart bayramida yon-atrofdan ko‘plab chiroyli so‘zlar, ajoyib tilaklar eshitamiz. Lekin men yuragimning tubidagi istagimni siz bilan baham ko‘rmoqchiman.
Men jamiyatimizda ayollarga har doim hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini xohlayman. Toki xotin-qizlarimiz zo‘ravonlik va zulm, zararli stereotiplar va kamsituvchi muomala obekti bo‘lmasin.
Men ayollarimiz o‘z huquqlari uchun kurashishlariga zarurat bo‘lmasligini xohlayman. Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lsin, deyman.
Men ayollar o‘zini erkin, kuchli his qiladigan, o‘ziga ishonchi bo‘lgan, maqsadlariga erisha oladigan va orzu qilishdan cho‘chimaydigan jamiyatda yashashini istayman.
Barcha ayollarga baxt, mehr-muhabbat, tinchlik va ehtirom yor bo‘lsin. 8 mart muborak!» deya yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025