Jahon | 15:20 / 09.03.2023
18908
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari, Kupyanskda yana evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 378-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kreml 2022 yil 26 sentabrida «Shimoliy oqim»da ro‘y bergan portlashlar bo‘yicha G‘arb nashrlarida paydo bo‘lgan xabarlarni «muvofiqlashtirilgan tashlama» deb atadi. AQSh razvedkasi hisoblashicha, gaz quvuriga hujum ortida «ukrainparast guruh» turgan bo‘lishi mumkin. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Kiyev diversiyaga aloqadorligini rad etdi.
  • Amerika Urushlarni o‘rganish instituti tahlilchilari Rossiya qo‘shini Baxmutning sharqiy qismini egallaganini taxmin qilmoqda. Yevgeniy Prigojin ham shaharning bu qismi «Vagner» yollanma jangchilari toomonidan egallanganini aytdi. Ukraina tomoni bu bayonot yuzasidan izoh bermadi.
  • NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Baxmut yaqin kunlarda RF nazoratiga o‘tishi mumkinligini istisno etmayapti, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu urushning borishiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
  • AQSh Davlat departamenti ukrainalik harbiy xizmatchi otib tashlangani aks etgan videoni «varvarlik» deb atadi. O‘limi oldidan «Slava Ukraine» so‘zlarini aytishga ulgurgan askar videosi ijtimoiy tarmoqlarda 6 mart kuni tarqalgandi. Rolikda uni avtomatdan sidirg‘asiga o‘qqa tutishganini ko‘rish mumkin. Bu voqea qachon va qayerda ro‘y bergani hamda kim tomonidan tasvirga olingani ma’lum emas.
  • Sky News xabar berishicha, Eron Rossiyaga millionlab o‘q-dorilar va yuz minglab snaryadlarni yashirincha yetkazib bergan.
  • Kiyevda Volodimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ular bug‘doy kelishuvini uzaytirish, ukrain bolalarining Rossiya hududiga deportatsiya qilingani, RF armiyasining harbiy jinoyatlari bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etishni hamda Ukrainadagi atom stansiyalar xavfsizligi masalalarini muhokama qilishgan.

Kupyanskdan evakuatsiya

Kupyansk — Xarkiv oblastida, Luhansk oblasti bilan chegaraga yaqin joylashgan shahar. Bu yirik temiryo‘l tuguni bo‘lib, o‘z o‘zidan Rossiya qo‘shini uchun strategik muhim nuqta hisoblanadi: shahar okkupatsiya ostida bo‘lganida — 2022 yil 27 fevralidan 10 sentabrga qadar muddatda, — RF armiyasi ta’minot liniyalaridan biri Kupyansk orqali o‘tardi.

2022 yil kuzidagi qarshi hujum davomida ukrain harbiylari Kupyanskni ozod etganidan keyin Rossiya qo‘shini ushbu shaharni muntazam ravishda o‘qqa tuta boshladi. Ukraina qurolli kuchlari sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda rossiyaliklar Kupyansk-Liman yo‘nalishida ham faollashgan. Shu tufayli shahardan tinch aholini evakuatsiya qilish boshlangan.

74 yoshli Aleksey Rusak evakuatsiyadan oldin 66 yoshli rafiqasi Galinaga kiyinishga yordam bermoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Qizil Xoch ko‘ngillilari Kupyanskdan 13 kilometr masofada joylashgan Kovsharovka qishlog‘ida yashovchi 86 yoshli Anastasiya Kolesnikni evakuatsiyaga tayyorlamoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anastasiya Kolesnik Qizil Xochning tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jihozlangan evakuatsiya avtomobilida.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda 8 mart kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan gul bozori 

Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

8 mart tongida «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Donetsk oblastidagi Baxmut shahrining sharqiy qismi egallangani haqida xabar berdi. Bu haqda Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) hisobotida ham keltirilgan. Ammo ISW ekspertlari hamon Baxmutning taktik egallanishi Rossiyaga operativ natijalar keltirmaydi degan fikrda. Ular RF armiyasining Ukraina sharqidagi yurishi «kulminatsiyaga yetishi», shundan keyin rossiyaliklar muvaffaqiyatni rivojlantira olmasligini aytishmoqda.

Qurshov xavfiga qaramay, Ukraina qo‘shini Baxmut mudofaasini tutib turishda davom etmoqda. Quyida Baxmut va qo‘shni Chasiv Yar atrofidagi pozitsiyalarda kuzatilayotgan vaziyat aks etgan suratlar. 

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Izyumdagi hospital

Izyum Xarkivdan 120 kilometr janubi-sharqda, Donetsk oblasti bilan chegaraga yaqin joylashgan. Rossiya armiyasi shahardan 2022 yil 10 sentabrida chekingandi. Ukraina qurolli kuchlari Izyumga kirganida, bu yerda elektr va ichimlik suvi ta’minoti yo‘q edi, ammo vaqt o‘tib kommunikatsiyaning bir qismini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Quyida mahalliy hospitaldagi shifokorlar qanday ishlayotgan aks etgan suratlar.

Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid