O‘zbekiston | 13:04 / 09.03.2023
9384
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha yopiladi

«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Foto: Transport vazirligi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.

Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid