Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘qituvchilarning ish haqi jiddiy ravishda kechikishni boshladi
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida o‘qituvchilar oldidagi qarzlar 12 baravar ko‘payib, 162 million rublni tashkil etdi.
Rossiyada ko‘p yillar davomida birinchi marta pedagoglar ish haqi bo‘yicha katta kechikishga duch kelishdi. 2023 yil fevral oyining boshiga kelib, davlatning o‘qituvchilar oldidagi qarzi 162 million rublga yetdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 12 baravarga oshgan, o‘tgan yil oxirida esa 17 million rubldan nariga o‘tmagandi. Bu haqda Rosstatning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqidagi hisobotida aytiladi.
Ushbu mablag‘ning 146 million rublini viloyatlar budjetlari, 4 millioni mahalliy budjetlar va 2 millioni federal g‘aznadan qarzdir. O‘qituvchilar ish beruvchilardan «o‘z mablag‘lari yo‘qligi» tufayli yana 10 million rubl olmagan.
Fevral oyining boshiga qadar barcha sohalarda umumiy ish haqi qarzi 799 million rublni tashkil etdi, bu yanvar oyiga nisbatan 24 foizga ko‘pdir. Deyarli 19 ming ishchining ish haqi kechiktirilgan, yanvar oyida bu ko‘rsatkich 8,3 ming ishchiga teng edi.
Davlat tomonidan ijtimoiy majburiyatlarning bajarilmasligi Rossiya budjeti taqchilligining o‘sishi fonida sodir bo‘ldi. 2023 yil yanvar-fevral oylarida Moliya vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, u 2,581 trillion rublni yoki yil uchun rejalashtirilgan 2,925 trillion rublning deyarli 90 foizini tashkil etdi. Budjet muammolari, xususan, neft va gazni sotishdan tushgan daromadlar bilan bog‘liq. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ular deyarli yarmiga kamaygan. Moliya vazirligi buni birinchi navbatda Urals nefti narxining pasayishi va tabiiy gaz eksportining qisqarishi bilan izohlaydi.
Gaz eksportining kamayishi ham Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy sanksiyalar, ham Rossiyaning o‘zi «do‘st bo‘lmagan» davlatlarga energiya yetkazib berishdan bosh tortgani va «Shimoliy oqim» gaz quvurining yopilishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025