Samarqandda Nexia-3 yangi qurilayotgan bino chuquriga tushib ketdi
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olgan. Mashina shikastlangan.

Videodan kadr
Samarqand shahar Sadriddin Ayniy ko‘chasida 20 yoshli haydovchi Nexia-3 bilan harakatlanib borayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘lning o‘ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning ochiq turgan yerto‘lasiga tushib ketgan.
Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa 2023 yil 7 mart kuni soat 21:40 larda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan. Shifokorlar haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shikastlangan mashina avtokran yordamida chuqurdan chiqarib olingan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35