Jahon | 16:37 / 11.03.2023
8549
1 daqiqa o‘qiladi

VHM rahbari: Rossiya qurolli kuchlari Xersonni o‘qqa tutdi

Foto: AP

Rossiya qurolli kuchlari Ukraina janubidagi Xersonni o‘qqa tutdi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Aleksandr Prokudin Telegram’da yozgan

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Mikolayivskiy shossesida uch kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlayotgani aytiladi. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalari Telegram’da yonib ketgan avtomobil va uning yonida yotgan jasadlar bilan otishma oqibatlari aks etgan kadrlarni joylashtirdi.

Bundan oldin, fevral oyi oxirlarida ham Rossiya qo‘shinlari Xersonni o‘qqa tutgandi. 

Natijada besh kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi jabrlangan. Zarbalar turar joylar, jamoat transporti bekati va muhim infratuzilma obektlariga kelib tushgan.

Mavzuga oid