O‘zbekiston | 13:49 / 14.03.2023
9534
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Ar-Riyodda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarning istiqbollari, rejalashtirilayotgan tadbirlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Vazir Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan davom etishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. U Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdagi mavjud ulkan salohiyatdan yanada samarali foydalanish hamda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘zgarishlar hamda bu borada olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid