Jahon | 09:04 / 14.03.2023
4443
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova mudofaa vaziri Rossiyani gibrid urushda aybladi

Moldovadagi ijtimoiy keskinlikdan foydalanib, Rossiya siyosiy tartibni o‘zgartirishga, beqarorlashtirishga va davlat hokimiyatini ag‘darishga urinmoqda, dedi Moldova Mudofaa vazirligi rahbari Anatoliy Nosatiy.

Anatoliy Nosatiy

Moldova hozircha «to‘g‘ridan to‘g‘ri bilan harbiy xavf»ga duch kelmayapti, biroq Rossiya boshlagan «gibrid urush» obekti hisoblanadi. Bu haqda 13 mart, dushanba kuni AFP agentligiga bergan intervyusida Moldova mudofaa vaziri Anatoliy Nosatiy ma’lum qildi.

«Moldovaga hozircha to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid yo‘q, biroq mamlakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi boshqa tahdid turlari ham bor – gibrid urush», — dedi Nosatiy. «Rossiya dezinformatsiya, jamiyatimizda keskinlikni keltirib chiqarish orqali siyosiy tartibni o‘zgartirishga, davlat hokimiyatini beqarorlashtirishga va ag‘darishga harakat qilmoqda», deb tushuntirdi Moldova Mudofaa vazirligi rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hozirgi eng katta muammo Rossiya vaziyatni beqarorlashtirish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan bir qator provokatsiyalardir».

Bir kun avval Moldova politsiya bosh komissarligi rahbari Viorel Cherneutsanu Rossiya maxsus xizmatlarini muxolifat namoyishlari paytida beqarorlashtirish harakatlariga tayyorgarlik ko‘rganlikda aybladi. «Politsiyaga Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha muxolifat namoyishlari chog‘ida, shu jumladan bugun ham rejalashtirilgan harakatlarga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida tezkor ma’lumotlar kelib tushdi», — dedi Cherneutsanu. Shu kuni Kishinyovda «Shor» partiyasi tomonidan hukumatga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid