ISW: Patrushev Prigojinning axborot kampaniyalari nishoniga aylanishi mumkin
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘zining muhimligini ko‘rsatish uchun Kremlda o‘ziga qarshi fitna uyushtirilayotgani haqidagi voqeani o‘ylab topgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari.
16 mart kuni Prigojinning matbuot xizmati Rossiya OAVdan birining prezident Vladimir Putin va RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Vagner guruhi» kelajagi haqida go‘yoki muhokama o‘tkazgani to‘g‘risida izoh berish uchun yuborgan «so‘roviga» javobni e’lon qildi.
Patrushev Putinga «bir yarim oy yoki ikki oy ichida «Vagner»dan hech narsa qolmasligini» aytgan ushbu «muhokama» haqidagi ma’lumotlar Rossiya va Ukrainaning Telegram-kanallari orqali tarqaldi. Prigojin bu kabi muzokaralar haqida eshitmaganligini aytib, «matbuotga izoh berish so‘roviga» javoban audioyozuvni e’lon qildi.
ISW Putin va Patrushev o‘rtasida bunday muloqot bo‘lganligi haqida hech qanday belgilar topmadi, shuningdek, axborot maydonida ushbu mavzuning faol muhokamasini kuzatilganini qayd etmadi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Prigojin axborot operatsiyasi uchun «til biriktirish» haqidagi xabarni to‘qib chiqargan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Patrushev Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtabga qarshi kuzatilgan kampaniyalaridan so‘ng Prigojinning navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin, deydi ISW ekspertlari.
Avvalroq «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Rossiyada sport klublari negizida bir nechta yollash markazlarini ochgandi. Bu haqda 4 mart kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi voqealarini har kuni sarhisob qilib boruvchi ISW ma’lum qildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, «Vagner» XHKga qabul qilish punktlari Rostov-Don shahridagi «Antares» sport klubida, Tyumenda boks federatsiyasi binosida, Samarada «Dinamo» sport jamiyati binosida ochilgan. Bundan tashqari, «Vagner guruhi»ning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvadagi sakkizta sport klubi negizida qabul qilish markazlari ish boshlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
15:22 / 25.06.2024
Prigojinning «adolat marshi»ga bir yil. «Vagner» va voqea qahramonlari taqdiri qanday kechdi?
14:50 / 24.06.2024
Bir yil oldin Prigojin isyoni Kremlni va butun mamlakatni shokka solgandi. Moskvaga yurish haqida nimalarni eslash muhim?
10:15 / 24.06.2024