O‘zbekiston | 08:38 / 17.03.2023
7381
1 daqiqa o‘qiladi

Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilyapti

«Toshkent» avtovokzalidan kunlik tasdiqlangan grafik asosida qatnovchi reyslaridan tashqari qo‘shimcha qatnovlar tashkil etilmoqda.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bu Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish, dam olish kunlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususan, 14–19 mart kunlari jami 34 ta qo‘shimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

16 mart kuni Qorako‘l (1 ta), Uzun (2 ta), Xiva (4 ta), Termiz (3 ta) shaharlariga qo‘shimcha 10 ta reys tashkil etilgani aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yana qo‘shimcha reyslar tashkil etiladi.

Mavzuga oid