Toshkentda yosh qizlar 9 qavatli uy tomida xavfli harakatlar qilishdi
Holat 16 mart kuni Chilonzor tumanining Mevazor mahallasidagi ko‘p qavatli uyning tomida kuzatilgan.
Toshkentda 3 nafar qiz “dom” tomiga chiqib, raqsga tushishdi. Ular tomning chetki qismiga kelib, xavfli harakatlar ham qilishgan.
Ko‘rinishidan qizlar maktab o‘quvchilari bo‘lishi mumkin. Ular tomga qanday chiqib olgani noaniq. Holatni qo‘shni uyda yashovchi Kun.uz kuzatuvchisi tasvirga olgan.
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan yetarli nazorat qilinmasligi ko‘plab ko‘ngilsizliklarga olib kelgan holatlar talaygina.
Masalan, Chinozda poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan 2 nafar bolani tok urgandi. Xavfli harakatlar natijasida bolalar kontakt tarmog‘ining elektr ta’minoti kuchlanishida tan jarohatlari olishgan.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024