O‘zbekiston | 16:21 / 18.03.2023
8146
2 daqiqa o‘qiladi

Silk Avia kompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga yo‘l oldi

Foto: Uzbekistan Airports

17 mart kuni mintaqaviy Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Bangkokdan Toshkentga uchdi.

Samolyot texnik holati jihatdan ko‘rikdan o‘tdi va to‘liq bo‘yaldi, sinov parvozlarini amalga oshirdi hamda eksport sertifikatiga ega bo‘ldi. ATR 72-600 samolyotining maksimal uchish balandligi (7600 m) va masofasi (1500 km) hisobga olinsa, samolyot Bangkokdan Toshkentga kelguncha Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarboyjonda oltita texnik to‘xtashni amalga oshiradi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga 21 mart kuni qo‘nadi.

«Shu kungacha ulkan ishlar amalga oshirildi: mos samolyotlarni topishdan tortib, ularni sotib olish va barcha kerakli hujjatlarni to‘ldirishgacha. Birinchi reyslar yo‘lga qo‘yilishiga oz qoldi. O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayramiga shunday muhim sovg‘a qilishimizdan juda mamnunmiz», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Yo‘lovchi sig‘imi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320’ga nisbatan to‘rt baravar kam yonilg‘i sarflaydi.

Mavzuga oid