Baxmut uchun janglar, Donbassdan evakuatsiya. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 391-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Si Jinping va Vladimir Putin Kremlda muzokaralar o‘tkazishdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Rossiya va Xitoy rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikki hujjat imzolashdi — iqtisodiy hamkorlik rejalari to‘g‘risida va hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonotlar.
- «Memorial» inson huquqlari markazi rahbari Oleg Orlovga Rossiya armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi — bu uning xodimlari va tashkilotning Moskvadagi ofisida o‘tkazilgan tintuvdan keyin ro‘y berdi.
- Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainaga tashrifi vaqtida mamlakat infratuzilmalarini tiklash va hujumkor bo‘lmagan qurollar uchun 500 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
- Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik bloger Artemiy Lebedevni urushni oqlashda aybladi.
- The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, urushning bir yili davomida Xitoy kompaniyalari Rossiyaga 12 million dollarlik dronlar va ular uchun butlovchi qismlar sotgan.
- Buyuk Britaniya Ukrainaga boyitilmagan uranli snaryadlarini yetkazib berishini e’lon qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar yetkazib berilgan taqdirda Moskva «yadroviy komponentli qurol» qo‘llanishiga «javob qaytarish»ga majbur bo‘ladi.
Mariupoldagi drama teatri
Mariupoldagi drama teatri keng ko‘lamli urush ramzlaridan biriga aylangan. Rossiya qo‘shini bu binoga 2022 yil 16 martida zarba bergandi — bu vaqtda teatrda mingga yaqin tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar boshpana topgan, uning oldidagi maydonga esa katta qilib «Deti» (Bolalar) yozuvi bitilgandi. Mariupol shahar kengashi shu kuni qariyb 300 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lganini xabar qilgan. Associated Press agentligi o‘z hisob-kitoblariga tayangan holda qurbonlar soni 600 nafargacha bo‘lishi mumkinligini yozgan. Amnesty International hujum oqibatida 12 kishining o‘limi tasdiqlangani, «haqiqiy raqamlar katta ehtimol bilan bundan kattaligi»ni ma’lum qilgan. 2022 yil dekabr oyi oxirida Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenko rossiyaliklar teatr binosini snos qilishganini xabar qildi. Quyidagi suratda bu joy hozirda qanday ko‘rinishi aks etgan.
Baxmut uchun jang
21 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Oleksandr Sirskiy Rossiya qo‘shini Baxmut chekkalaridan shahar markaziga kirib kelishga urinayotganini xabar qildi. Ammo ukrain harbiylari mudofaani ushlab turishda davom etmoqda. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk oblastida butun front chizig‘i bo‘ylab shiddatli janglar davom etmoqda. Rossiya tomoni Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
Rossiya yurishi fonida Donbassdan evakuatsiya
Halok bo‘lgan askarlarni xotirlayotgan Zelenskiy
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024