Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Xarkivga «Qahramon shahar» faxriy unvonini berdi
«Bu (shahar) davlatimizning boshqa shaharlari bilan yonma-yon mustaqilligimizni himoya qilmoqda», dedi Ukraina prezidenti.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkiv shahriga «Ukraina qahramon shahri» faxriy unvonini berdi.
«Men «Ukraina qahramon shahri» faxriy mukofotini Xarkiv meri Igor Terexovga topshirdim... Bu (shahar) davlatimizning boshqa shaharlari bilan yonma-yon mustaqilligimizni himoya qilmoqda», dedi Ukraina prezidenti.
Shuningdek, Zelenskiy Xarkivni rus bosqinchilaridan himoya qilishda qahramonlik ko‘rsatgan jangchilarga Bogdan Xmelnitskiy, Daniil Galitskiy va «Jasorat uchun» medallarini topshirdi.
Zelenskiy istehkomlarni mustahkamlash, infratuzilmani tiklash, aholiga yordam ko‘rsatish va Xarkiv oblastining barcha aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazganini ta’kidladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yo‘nalishidagi bo‘linmalariga tashrif buyurgani ma’lum bo‘lgan edi. Zelenskiy askarlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025