Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Xalqaro jinoyat sudining vakolatxonasi ochiladi
Vakolatxona Ukrainaga qarshi sodir etilgan xalqaro jinoyatlarni tergov qiladi.
Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin Haaga shahrida Ukrainada Xalqaro jinoyat sudi (XJS) vakolatxonasini ochish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bitim XJS kotibi Piter Lyuis bilan imzolandi.
Kostin hujjatning imzolanishini xalqaro jinoyatlar uchun to‘liq javobgarlikni ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi qadam deb atadi.
«Bu faqat boshlanishi, lekin yaxshi boshlanish. Ishonchim komilki, Ukrainaga qarshi sodir etilgan xalqaro jinoyatlar uchun barcha aybdorlar javobgarlikka tortilmaguncha, biz to‘xtab qolmaymiz. Shu jumladan, Rossiya jinoiy tuzumining oliy harbiy-siyosiy rahbariyati ham», dedi u.
Bosh prokurorning ta’kidlashicha, XJS va XJS prokurori Karim Xon odil sudlovni ta’minlash uchun tinimsiz harakat qiladi.
«Biz Rossiyaning Ukrainaga qarshi jinoyatlarini tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yanada adolatli dunyoni rivojlantirishga yordam berishiga qat’iy ishonaman», dedi Kostin.
Avvalroq Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Ular ukrainalik bolalarni noqonuniy ravishda majburan deportatsiya etishda gumon qilinmoqda, bu harbiy jinoyat hisoblanadi.
Ular Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar hududida hibsga olinishi mumkin, hozirda bunday davlatlar soni 123 ta. Bir qancha davlatlar, jumladan Rossiya ham XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025