Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarligiga qaytdi
Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Baxtiyor Rahmonov shu paytga qadar Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Joriy yilning 23 mart kuni Shavkat Umrzoqov Toshkent shahrining yangi hokimi sifatida ish boshlagani xabar qilingandi.
2018 yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxo‘jayev 2023 yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16 yanvar kuni ishdan bo‘shatildi.
Shundan so‘ng, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yildan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.
2021 yil yanvaridan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024