Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Tokioga aviaqatnovlar qayta tiklanadi
14 apreldan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya poytaxti yana aviaparvozlar bilan bog‘lanadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 14 apreldan boshlab Toshkent – Tokio –Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarni qayta tiklaydi.
Bu haqda Yaponiyaning Nara prefekturasi, Nara shahri meriyasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) bilan hamkorlikda Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbirda aytildi.
Qayd qilinishicha, Kunchiqar mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent – Tokio yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi 8,4 mln so‘mdan, Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishida esa 14,9 mln so‘mdan boshlanadi.
Toshkent va Tokio orasidagi aviaqatnovlar koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025