Ilon Mask va minglab ekspertlar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatishga chaqirdi
Ularni sivilizatsiya ustidan nazoratni yo‘qotish xatari xavotirga solmoqda.
Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask, Apple asoschisi Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilg‘or sun’iy intellekt (AI) rivojlanishini to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladilar. Maktub matni Future of Life Institute tomonidan chop etildi.
Maktub mualliflari sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarni OpenAI kompaniyasining GPT-4 chatidan kuchliroq tizimlarni rivojlantirishni kamida 6 oyga to‘xtatishga chaqirishdi. Maktubni imzolagan ekspertlar umumiy xavfsizlik protokollari o‘rnatilgunga qadar ishlab chiqish jarayonlari to‘xtatilishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, agar rivojlantirish jarayonini tezda to‘xtatib bo‘lmasa, rasmiylar «aralashib, moratoriy qo‘yishi kerak».
Maktub mualliflarining fikricha, hatto «qudratli raqamli ong»ni yaratuvchilar ham ularni boshqara olmaydi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlasha boshlaydi.
«Biz aniqlab olaylik: mashinalar bizning axborot kanallarimizni tashviqot va yolg‘on bilan to‘ldirishiga ruxsat berishimiz kerakmi? Biz barcha ishlarni, shu jumladan qoniqish keltiradigan ishlarni avtomatlashtirishimiz kerakmi? Biz noinsoniy ongni rivojlantirishimiz kerakmi? Ular oxir-oqibatda son jihatdan bizdan o‘zib ketishi, bizni aldashi va almashtirishi mumkin. Biz sivilizatsiya ustidan nazoratni yo‘qotish xatariga duch kelishimiz kerakmi?», deyiladi maktubda.
Reuters xabariga ko‘ra, OpenAI bosh direktori Sem Altman xatni imzolamagan.
Mavzuga oid
11:58 / 12.11.2024
Mask, kichik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olishi mumkin?
03:00 / 11.11.2024
ChatGPT ishida qisqa uzilish sodir bo‘ldi
14:15 / 10.11.2024
Tramp Zelenskiy bilan «iliq va yoqimli» suhbat o‘tkazgan. Unda Mask ham ishtirok etgan
23:39 / 08.11.2024