Jahon | 23:55 / 30.03.2023
14883
1 daqiqa o‘qiladi

Putin 147 ming fuqaroni bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqirdi 

18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur rossiyaliklar armiyaga yollanadi. 

Foto: AP Photo/Alexandr Kulikov

Rossiya prezidenti bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Tegishli hujjat Rossiya Federatsiyasining huquqiy portalida e’lon qilindi. Farmonda qayd etilishicha, butun Rossiya bo‘ylab bahorgi chaqiruv doirasida harbiy komissarlar kamida 147 ming rossiyalikni armiyaga yollashi kerak. 

«2023 yil 1 apreldan 15 iyulgacha Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan 147 ming fuqarosini harbiy xizmatga chaqirish amalga oshirilsin», deyiladi hujjat matnida. 

Eslatib o‘tamiz, Putin 2022 yil bahorida 134,5 ming fuqaroni harbiy xizmatga chaqirgan edi. 2022 yil kuzida esa 120 ming fuqaro harbiy xizmatga chaqirildi. 

Mavzuga oid