Jamiyat | 18:30 / 31.03.2023
23673
5 daqiqa o‘qiladi

Bahorni munosib kutib olmagan poytaxtliklar: ishchilar chiqindilarni yig‘ib tugatolmayapti

Bahor O‘zbekistonning boshqa hududlari kabi Toshkent shahrini ham yashillikka o‘radi. Obodonlashtirish xodimlari tomonidan 2-3 mahal tozalab chiqilishiga qaramay, odamlar tabiatni, shaharni chiqindi bilan qorishtirib yuboryapti. Kun.uz poytaxtning turli nuqtalaridan chiqindiga botgan qayg‘uli manzaralar suratlarini to‘pladi. 

Shahardagi turli bog‘ va xiyobonlarga yashillik yugurgan. Bu manzara ayniqsa, Toshkentdagi anhorlar bo‘yida ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

Yunusobod tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi, Anhor
Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi

Manzarali daraxtlar va suv bag‘rida dam olish kayfiyatni ko‘taradi. Biroq bu yerlarga tashlab ketilgan chiqindilar dilni xira qiladi. Obodonlashtirish xodimlari har soatda aylanib, shaharni har qancha toza tutishga urinmasin, aholi tashlab ketayotgan chiqindilar tugay demaydi. Quyidagi suratlar ichki sayyohlar tabiatni qay ko‘yga solganini yaxshiroq his qilish uchun yordam beradi.

Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi

Bahor darakchilaridan bo‘lgan momaqaymoq va turli gullar ustiga irg‘itib ketilgan turli yegulik qadoqlari esa poytaxt aholisi va mehmonlarida tabiat bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatishda muammolar kichik emasligini ko‘rsatadi.

Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yunusobod tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi
Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi 55

Shaharda daraxtlar kesilishi bilan birga, suvli hududlar ham kamaygani bor gap. Milliy bog‘ning eski hududida joylashgan sun’iy ko‘lning quritilgani bunga misol. Biroq mavjud suvli hududlarga ham yetarlicha hurmat ko‘rsatilmayapti.

Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Chilonzor tumani, Novza ko‘chasi

Shu narsani alohida ta’kidlash kerak, shaharda tashlash uchun yetarlicha chiqindi idishlari yo‘q. Bu muammoni Kun.uz o‘zining ekologik madaniyatga bag‘ishlangan turkum maqolalarida ham yoritib keladi. So‘nggi vaqtda poytaxt bo‘ylab chiqindi idishlari ko‘paygan, lekin bu ham kerakli samarani bermayapti.

Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yunusobod tumani, Anhorbo‘yi ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasi
Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasi

O‘tloqlarda turli yegulik chiqindilari bilan bir qatorda, bir martalik idishlar ko‘p uchraydi. Ularning aksari bir martalik choy yoki qahva yelim stakanlaridir.

Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi
Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasi

Albatta, bu suratlar poytaxt aholisi va mehmonlarining barchasini madaniyatsizga chiqarib qo‘ymaydi. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmasligi ham haqiqat. So‘nggi vaqtda tabiatni asrashga undovchi ekofaollar ham ko‘paydi. Buni tabiatni asrashga targ‘ib qilingan yozuvlar ko‘payganidan ham sezish mumkin.

Yangihayot tumani O‘zar mahallasidagi ko‘p qavatli uylar

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Suratlar 2023 yilning 28 mart kuni Toshkent shahrining turli tumanlaridan olingan.

Zuhra Abduhalimova, Kun.uz muxbiri

Mavzuga oid