Jahon | 22:48 / 31.03.2023
11910
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Buchaga bordi va «Qahramon shahar» nishonini topshirdi 

Shaharda Rossiya bosqinida halok bo‘lganlar xotirasi yodga olindi. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Slovakiya, Xorvatiya, Sloveniya va Moldova rahbarlari bilan birgalikda Kiyev viloyatining Bucha shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni saytida xabar berildi. 

Davlat rahbari Rossiya bosqini paytida halok bo‘lgan shahar aholisi xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Marosim «Andrey Pervozvanniy» cherkovi yonida bo‘lib o‘tdi, u yerda Bucha aholisining ommaviy qabrlari topilgan edi. Marosimda, shaxsi aniqlangan 77 marhumning va Bucha uchun janglarda halok bo‘lgan 11 nafar harbiyning ismi e’lon qilindi. 

Zelenskiy Buchaga «Qahramon shahar» nishonini ham topshirdi. Prezident qo‘lidan faxriy mukofotni Bucha rahbari Anatoliy Fedoruk qabul qildi. «Qahramon shahar» nishoni Ukrainada 21 mart kuni tasdiqlangan edi. 

Avvalroq Slovakiya, Xorvatiya, Sloveniya va Moldova rahbarlari 31 mart kuni Kiyevga Bucha ozod qilinganining bir yilligiga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etish uchun tashrif buyurgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid