Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva sudi Darya Trepovani ikki oyga hibsga oldi
U targ‘ibotchi Tatarskiyning o‘limiga sabab bo‘lgan portlashdan so‘ng teraktda ayblandi.
Moskvaning Basmanniy sudi Darya Trepovani ikki oyga tergov izolyatoriga jo‘natdi, u targ‘ibotchi Vladlen Tatarskiy (Maksim Fomin) o‘limiga sabab bo‘lgan portlashni uyushtirganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Avvalroq, 4 aprel kuni Trepova Sankt-Peterburgdan Moskvaga olib ketilgan edi.
Tergov qo‘mitasi Trepovaga Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi «b» bandi (uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan, qasddan odam o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati) va 222.1-moddasi 4-qismi (uyushgan guruh tomonidan portlovchi moddalarni noqonuniy olib yurish) bilan ayblagan.
26 yoshli Darya Trepova 3 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi kvartiralardan birida qo‘lga olingan. Qiz Universitetskaya qirg‘og‘idagi kafeda targ‘ibotchi Tatarskiyning «ijodiy kechasi»ga portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan haykalchani olib kelganlikda ayblanmoqda. Trepova haykalchani Tatarskiyga taqdim etganidan ko‘p o‘tmay portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda targ‘ibotchi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Xuddi shu ish bo‘yicha Trepovaning tanishi Dmitriy Kasinsev ham qo‘lga olindi. Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) Tatarskiyning o‘ldirilishini Ukraina maxsus xizmatlari Aleksey Navalniyning «Korrupsiyaga qarshi kurash fondi» agentlarini jalb qilgan holda uyushtirganini aytdi.
Trepova hibsga olinganidan so‘ng haykalchadagi portlovchi moddalar haqida bilmaganini va o‘ziga pand berish uchun shunday qilinganini aytgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025