Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessa dronlar hujumiga uchradi
Odessa va Odessa viloyati Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) tomonidan hujumga uchradi, deya xabar bermoqda mahalliy hokimiyat.
Shaharda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi. Qancha UUA urib tushirilgani va hujum natijasida qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
«Jangovar ishlar davom etmoqda, ikkinchi to‘lqin bo‘lishi mumkin», — deya ogohlantirdi viloyat hokimiyati.
«Suspіlne» nashrining yozishicha, Odessa tumanlaridan birida sodir bo‘lgan portlashlardan so‘ng yong‘in boshlangan.
Avvalroq Rossiya Odessa viloyatiga raketa hujumi uyushtirgandi.
Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Yuriy Krukning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarining SU-35 qiruvchi samolyotlari dengizdan raketalarni uchirgan, raketalarning bir qismi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan, «ammo zarba bo‘lgan, natijada fuqarolik uyi qisman zarar ko‘rgan».
Jarohat olganlar bor, biroq hech kim halok bo‘lmagan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025