Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda fuqaro qo‘shnisining eshagining quloqlarini kesib tashladi
Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Buxoro viloyati Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashladi. Buxoro viloyati IIB eshakning quloqlari kesib olingani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 aprel kuni soat 16:00 da 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. qo‘shnisi fuqaro J.X.ga tegishli eshakni tomorqa yeriga zarar yetkazgani sababli ikki qulog‘ini kesgan, oradan vaqt o‘tib, jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.
Hozirda fuqaro U.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib keladigan darajada shafqatsiz munosabatda bo‘lish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ma’muriy tartibda chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tumani sudiga yuborilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etish bazaviy hisoblash miqdori (amalda — 300 ming so‘m, 1 maydan 330 000 so‘m)ning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
11:39 / 14.04.2025
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi
10:57 / 23.01.2025