“Sardoba fojiasida o‘g‘limning o‘zi ham oqib ketib, qutqarilgan” – qahramonning onasi
Toshkent viloyatida Milliy gvardiya xodimlari uchun “Konstitutsiya – o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Sardoba voqealarida qahramonlik ko‘rsatgan Milliy gvardiya xodimi Sanjar Ibragimovning onasi Zarina Ibragimova so‘zga chiqib, farzandi qanchadan-qancha oilalarni qutqarib qolgani haqida gapirib berdi.
Zarina Ibragimovaning ta’kidlashicha, Sardobadagi qutqaruv ishlarida o‘g‘li mayor Sanjar Ibragimovning o‘zi ham suvga oqib ketib, qutqarilgan.
“2020 yil may oyida Sadoba fojiasida o‘g‘lim otryad guruhi bilan qatnashgan. U qanchadan-qancha oilalarni, bolajonlarni qutqarib qoldi. Biroq o‘zi ham oqib ketib, qutqarildi. Men o‘g‘lim bilan juda faxrlanaman. Shunday vatanparvar, insonparvar va mard o‘g‘lon tarbiya qilganimdan g‘ururlanaman.
Hurmatli kursantlar, sizlar ham o‘g‘lim kabi yurtga yonib-kuyib, xizmat qilib, prezident qo‘lidan davlat mukofotlarini olinglar. Ota-onalaringiz sizlardan g‘ururlanib yurishsin”, — dedi qahramonning onasi.
Zarina Ibragimova konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini, shu sababli referendumda oilaviy ishtirok etishini bildirib, jamoatchilikni ham faollikka chaqirdi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024