Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiyadan Belarusni himoya qilish kafolatlarini so‘radi
Rossiya Federatsiyasi Belarusni o‘z hududi sifatida himoya qiladi, dedi u.
Belarusga Rossiyadan to‘liq xavfsizlik kafolatlari kerak. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Putin bilan so‘nggi muzokaralardan so‘ng biz ekspertlarning Belarusga kelishini va Belarus xavfsizligi masalalarini muhokama qilishga kelishib olgan edik», dedi prezident.
Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Budapesht memorandumi doirasida yadroviy qurollarni olib chiqish evaziga berilgan xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvlarga amal qilmayapti va amalda oyoqosti qilmoqda. Bu iqtisodiy xavfsizlikni ham anglatardi.
«Xo‘sh, bizga, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilsa, qanday iqtisodiy xavfsizlik haqida gapirish mumkin?! Shuning uchun men bu masalani Rossiya prezidenti bilan muzokaralarda ko‘tardim. U har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. U Belarusning to‘liq xavfsizligini ta’minlash uchun barcha shartnoma va kelishuvlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak, dedi».
«Umuman olganda, agar Belarusga tajovuz sodir bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi Belarusni o‘z hududi sifatida himoya qiladi. Mana shunday kafolatlar bizga kerak», dedi Lukashenko.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025