Toshkentda 5 kunda mingdan ortiq narkograffiti o‘chirildi
Toshkent shahrida giyohvand moddalari savdosiga qarshi «Dolzarb 15 kunlik» bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashri xabar berdi.
6-10 aprel kunlari 102 ta noqonuniy holatlar aniqlanib, ularga chek qo‘yilgan.
Ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan moddalarning umumiy miqdori 384,7 grammni tashkil etgan, shundan 192,02 gramm giyohvandlik vositalari, 192,68 gramm sintetik moddalardir. Tadbir davomida 701 dona kuchli ta’sir etuvchi vositalar aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yashirish orqali sotish («zakladka») bilan bog‘liq 74 ta holat aniqlangan. 1 775 tadan ortiq «narkograffiti» yozuvlar aniqlanib, barchasi o‘chirilgan.
Mavzuga oid
20:02
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024