Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada qonunlarni YeI standartlariga moslashtirish idorasi ochildi
Ukraina Oliy radasi qonunlarni Yevropa Ittifoqi qoidalariga moslashtirish bilan shug‘ullanadi - buning uchun u maxsus idora ochdi. Yevroparlament spikeri Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar 2023 yilda boshlanishini istisno etmadi.
Oliy rada huzurida Ukraina qonunchiligini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish bo‘yicha idora ochilmoqda. Bu haqda Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Stefanchuk 12 aprel, chorshanba kuni Oliy rada va Yevroparlament qo‘mitalari rahbarlari birinchi qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qildi. Bryussel va Kiyevdagi deputatlar uchrashuvi video-aloqa orqali o‘tgani uchun u kamera oldida ofis ochish haqidagi buyruqni imzoladi.
O‘z navbatida, Yevroparlament spikeri Roberta Metsola Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar 2023 yildayoq boshlanishiga umid bildirdi. Parlament qo‘mitalari rahbarlari birinchi qo‘shma yig‘ilishi Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lidagi muhim yangi qadamdir, dedi u.
«Bugungi yig‘ilish institutlarimiz o‘rtasida chuqur, keng qamrovli va sohaga oid hamkorlikning boshlanishini ko‘rsatadi. Bu hamkorlik Ukrainaning Yevropa yo‘li uchun juda muhim, - dedi Metsola. - Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqida ekanligiga shubha yo‘q».
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025