Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusning «kentavr» varianti ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi - mutaxassis
«Omikron» shtammining VA 2.75 subvarianti, ya’ni «kentavr» ko‘rish organlari faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Dunyoning ba’zi mamlakatlarida dominant versiyaga aylanib ulgurgan koronavirus «Omikron» shtammining VA 2.75 subvarianti, ya’ni «kentavr» nafaqat nafas olish tizimi, balki ko‘rish organlari faoliyatiga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, hindistonlik olimlar birmuncha vaqt ilgari uning genomida 16 ta mutatsiya mavjudligini aniqladi. Bu esa koronavirusning mazkur turi tana himoya mexanizmlariga oson «chap berish» xususiyatiga ega ekanini anglatadi.
Shuningdek, shifokorlar «kentavr» yangi alomatlar bilan namoyon bo‘layotgani, unga ko‘ra, ba’zi bemorlar yorug‘ muhitda ko‘zini ochishga qiynalayotgani va ko‘z gavharida og‘riqlar his qilayotganini ma’lum qilgan.
— Koronavirus asosan o‘pka to‘qimalarining zararlanishi bilan kechgan bo‘lsa-da, uning asorati butun organizmga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, — dedi Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov. — Avval ushbu infeksiyaga chalinib, tuzalgan bemorlarda ko‘proq qon quyuqlashishi, yurak-qon tomir tizimida jiddiy muammolar uchragan bo‘lsa, endi ular qatoriga ko‘z kasalliklari ham qo‘shilmoqda.
Xususan, so‘nggi paytlarda COVID-19 bilan og‘rigan ayrim bemorlarda ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi kuzatilyapti. Jumladan, virusga chalinib, sog‘ayganlarda optik asabning shishi, ko‘z mushaklarining spazmlari va to‘r pardaning yallig‘lanishi kabi asoratlar uchramoqda.
Qolaversa, dunyo olimlari ham «omikron»ning VA 2.75 subvarianti organizmda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi va qon ivish tizimining faollashishiga sabab bo‘layotgani, bu esa ko‘zlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlayapti.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, kasallikning oldini olish uchun virusga qarshi to‘liq bosqichda hamda buster dozada emlanish lozim.
Avvalroq, JSST bosh direktori Tedros Gebreyyesus pasayish tendensiyasini inobatga olib, joriy yilda COVID-19 pandemiyasi bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
23:06 / 04.09.2024
JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi
22:49 / 24.05.2024
2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi oqibatida vafot etganlar soni ma’lum qilindi
22:04 / 20.05.2024