O‘zbekiston | 12:12 / 14.04.2023
13516
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Elyor Mardonov Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Mardonov Elyor Irdonovich 1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

U lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Elyor Mardonov 2018 yilda prezident farmoniga ko‘ra “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan G‘ofur Musurmanov viloyat hokimining tegishli qarori bilan 2023 yil 13 aprel kunidan lavozimdan ozod etilgan.

Mavzuga oid