Rossiyaning Tinch okeani floti eng yuqori jangovar tayyorgarlik darajasiga keltirildi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, butun Tinch okeani floti to‘satdan tekshiruv doirasida ogohlantirildi va yuqori shay holatga keltirilmoqda.
Tekshiruvdan maqsad, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, «qurolli kuchlarning potensial dushman tajovuzkorligini qaytarish vazifalarini hal qilish qobiliyatini oshirish».
Harbiy xizmatchilar dengiz kuchlarining zarba berish guruhlari va shartli dushmanning yerdagi nishonlarini yo‘q qilish uchun torpedo, artilleriya va raketadan otish mashqlarini bajaradilar.
RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov tekshiruv uch bosqichda o‘tkazilishini ma’lum qildi va strategik suvosti kemalarining qurol ishlatishga tayyorligini alohida nazorat qilishni topshirdi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.10.2024
G‘arb va Ukraina urushni tugatish sxemasini muhokama qilmoqda - OAV
21:58 / 05.10.2024
Rossiyada kvadrobika taqiqlanishi mumkin
12:50 / 05.10.2024
Fitso urushdan keyin RF bilan munosabatlarni tiklashni yoqlab chiqdi
08:50 / 05.10.2024